Fazilatli şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh asos solgan «Hilol-nashr» matbaa-naşriyoti bu yil 10 yoşga töldi. Öz faoliyatini 2011 yilda boşlagan naşriyotimiz asosan diniy-ma'rifiy, adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop asarlarni hamda bolalar adabiyotini xalqimizga yetkazib beriş bilan şuğullanib kelmoqda.

Ötgan 10 yil davomida naşriyotimiz 5 000 000 dan ortiq nusxadagi kitob va kitob mahsulotlarini çop qilib, kitobxonlarga taqdim qildi.

Foto: Hilol-Nashr
Foto: Hilol-Nashr

Bugungi kungaça matbaada şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining keng kitobxonlar orasida maşhur bölgan olti jildlik «Tafsiri Hilol» asari, köp jildlik «Hadis va Hayot» turkumi, «Sunniy aqiydalar», «Aqiydatut-Tahoviya şarhining talxiysi», «Qur'on ilmlari», «Kifoya», «Ixtiloflar: sabablar, yeçimlar», «Baxtiyor oila», «Mukammal saodat yöli», «Islom tarixi», «Ijtimoiy odoblar», «Zikr ahlidan sörang», «Aqoid ilmi va unga boğliq masalalar» kabi yuzdan ortiq kitoblari çop etildi.

«Hilol-nashr» matbaa-naşriyoti muşaf çop qiliş böyiça dunyodagi yetakçi naşriyotlar bilan hamkorlikda Qur'oni Karim çop qilişni ham yölga qöygan. Hozirda «Dorus-Salom», «Dorul-Ğavsoniy», «Dorus-Salsabil» va «Dorul-Ma'rifa» kabi naşriyotlar bilan hamkorlikda 5 000 dan ziyod muşafi şarif çop etildi. Ayni paytda «Dorul-Ma'rifa» naşriyoti bilan hamkorlikda çop qilinayotgan muşafi şarifning ikkinçi naşri sotuvga çiqiş arafasida. 

Foto: Hilol-Nashr
Foto: Hilol-Nashr

Şuningdek, naşriyotda töqqizta mötabar hadis töplamlarini öz içiga olgan akademik nashr — «Oltin silsila» turkumi ham çop qilinmoqda. Uşbu turkumga «Sahihi Buxoriy», «Jome'i Termiziy», «Sahihi Muslim», «Sunani Abu Dovud», «Mujtaboi Nasaiy», «Sunani Ibn Moja», «Muvattoi Molik», «Sunani Dorimiy» va «Sahihi Ibn Hibbon» töplamlari kiritilgan. Bugungaça turkumning dastlabki ikki asari – 8 jildlik «Sahihul-Buxoriy» hamda 6 jildlik «Sahihi Muslim» kitoblari töliq nashr qilindi. Hozirgi kunda «Sunani Abu Dovud» töplami nashr qilinmoqda.