Xitoy oliy sudi 9 nafar maktab öquvçisini öldirgan qotilni qatl etişga ruxsat berdi. Bu haqda Yuylin şahri örta poğona sudi ma'lum qildi.  

28 yoşli qotil Çjao Tszeveyga iyulda çiqarilgan ölim jazosi hukmi 27 sentabr ertalab ijro etilgan. 

Yuylin okrugining Miçji uyezdidagi fojia joriy yilning 27 aprelida sodir bölgan. Hanjar bilan qurollangan Tszevey maktabdan uylariga qaytayotgan öquvçilarga hujum qilgan. Hujum oqibatida 9 öquvçi halok bölgan, 12 bola yaralangan. 

Jinoyatçi darhol qölga olingan. Aniqlanişiça, qotil avval qurbonlari öqigan maktabda öqigan. U söroq vaqtida maktabda öqigan kezida sinfdoşlari tomonidan xörlangani uçun alamini olmoqçi bölgani va şu sababli birinçi duç kelgan ösmirlarga hujum qilganini tan olgan.