Ispaniyaning şimolida joylaşgan Naron şahri ma'muriyati soğliqni saqlaş idoralari kömagida jamoaviy oziş taşabbusini bildirdi.
Loyiha taşabbusçilaridan biri şifokor Karlos Pinero jamoaviy oziş taklifini borgan sari köproq odamlar faol turmuş tarzini olib bormay qöyayotganini bilan tuşuntirgan. Şifokor ham şahar meri Marian Ferreyro kabi mahalliy aholiga örnak körsatmoqda. Jumladan, şifokor mahalliy aholi bilan jamoaviy yugurişlarda iştirok etmoqda. Ma'lum qilinişiça, şaharçada 40 mingga yaqin kişi yaşaydi.
Uşbu taşabbusga şahar restoranlari ham qöşildi: ulardan 18 tasi öz taomnomasini özgartirgan. Hozir bu restoranlarda dengiz jonzotlaridan tayyorlangan, sariyoğ örniga zaytun moyida tayyorlangan taomlarni uçratiş mumkin.
Ta'kidlanişiça, Naron joylaşgan Galisiya viloyatining 25 foiz aholisi ortiqça vazndan aziyat çekib keladi, bu esa Ispaniyadagi eng yomon körsatkiçlardan biridir. Mutaxassislarning fikriça, bu salbiy holat viloyatning pazandalik an'analari hamda iqlimi bilan boğliq, çunki Galisiya Ispaniyadagi eng köp yomğir yoğuvçi hudud hisoblanadi.












