Indoneziyalik baliqçi Malayziyaning MH370 layneri qulagan joyni bilişini ta'kidlamoqda. Bu haqda Dailymail naşri xabar berdi. 42 yoşli erkakning aytişiça, u va uning jamoasi a'zolari 2014 yil 8 mart kuni yuz bergan halokatning guvohlari bölişgan.
Baliqçining ta'kidlaşiça, u samolyot qulagan joyning GPS-koordinatalarini yozib olgan va ularni tergovçilarga körsatgan. Kuala-Lumpurdagi anjumanda baliqçi samolyotning qulayotgani va qora tutunni körganini ma'lum qilgan.
Malayziya hukumati samolyot qulagan joyni aniqlaşga bir neça yillik urinişlardan keyin tergovni töxtatişga qaror qilgan.
Malaysia Airlines aviakompaniyasining Kuala-Lumpurdan Pekinga MH370 reysini amalga oşirgan Boeing 777-200 samolyoti havoga kötarilgandan bir soat keyin radarlardan ğoyib bölgan. Samolyotda 227 yölovçi va ekipajning 12 a'zosi bölgan, ularning barçasi bedarak yöqolgan.
Samolyotning bir neçta bölaklari, jumladan eşiklari qoplamasi, zakrilkalari qismlari dunyoning turli burçaklarida aniqlangan.
Aviaxavfsizlik sohasidagi yetakçi mutaxassislar samolyot qasddan yöq qilingani haqidagi fikrga kelişgan.











