Taniqli huquq himoyaçisi Tolib Yoqubov 12 yildan keyin Özbekistonga qaytib keldi, deya xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.
78 yoşli huquq himoyaçisi Fransiyada 12 yil yaşaganidan söng vataniga qaytdi. Toşkent aeroportida Yoqubovni yaqinlari va hamkasblari kutib oldi.
Huquq himoyaçisining sözlariga köra, u Özbekiston rasmiylari tomonidan heç qanday muammolarga duç kelmagan.
Yoqubovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozişiça, 2014 yilda Fransiyadan siyosiy boşpana olgan va Özbekiston fuqaroligidan mahrum qilingan.
Endi huquq himoyaçisi Özbekiston vizasini oldi va vataniga kelişga muvaffaq böldi.
Eslatib ötamiz, Yoqubov muqaddam Özbekiston hukumatini köp bora tanqid qilib çiqqan.









