Vetnamning sobiq prezidenti, 21 sentabrda hayotdan köz yumgan Çan Day Kuang poytaxt Xanoydan 90 km janubda joylaşgan Ninbin viloyatida dafn etildi.

Dafn marosimi Kuang tuğilib-ösgan Kimşon uyezdidagi Kuangtxiyen jamoasida harbiy ehtirom bilan ötgan. Undan avval marhum prezident bilan milliy mudofaa vazirligi motam zalida vidolaşuv bölib ötgan.

Xanoyda minglab odamlar milliy bayroq bilan yopilgan prezident tobutini kuzatib qolgan. Şundan keyin tobut Ninbinga yetkazilgan.

Çan Day Kuang qon saratonining kam uçrovçi turi bilan oğir kuraşdan keyin 62 yoşida vafot etdi. Uning örniga vitse-prezident Dang Txi Ngok Txin vaqtinçalik tayinlangan. Yangi prezident milliy yiğin a'zolari tomonidan saylanadi.