Diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun rozilik beriş tartibi töğrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga muvofiq Din işlari böyiça qömita tomonidan diniy taşkilotlar davlat röyxatidan ötkazilişidan avval rozilik xati beriladi.

Bunda dinga e'tiqod qiliş, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etiş maqsadida tuzgan köngilli birlaşmalari (diniy jamiyatlar, masjidlar, çerkovlar, sinagogalar, monastirlar va boşqalar), şuningdek diniy taşkilotlarning markaziy boşqaruv organlari va diniy ta'lim muassasalari diniy taşkilotlar deb e'tirof etiladi.

Quyidagi hollarda diniy taşkilotni davlat röyxatidan ötkaziş uçun rozilik beriş rad etiladi:

• diniy taşkilotning ta'sis hujjatlari konstitutsiyaviy tuzumini zörlik bilan özgartiriş, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buziş, konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitiş, uruş, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni tarğib etiş, fuqarolarning soğliği, ma'naviyati va axloqiga qasd qiliş maqsadiga ega bölsa;
• diniy taşkilot ustavi qoidalari va boşqa hujjatlari “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi Qonuniga zid bölsa;
• diniy taşkilotni davlat röyxatidan ötkaziş uçun rozilik beriş uçun hujjatlar töliq taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda rasmiylaştirilmaganda.

Qömitaning diniy taşkilotni davlat röyxatidan ötkaziş uçun rozilik berişni rad etiş töğrisidagi javob xati yuzasidan belgilangan tartibda sudga şikoyat qilinişi mumkin.