Irlandiyalik aralaş yönaliş böyiça jangçi Konor Makgregor sepsis kasalligi taşxisi qöyilgan irlandiyalik beş yoşli Brayan ismli bolakayning davolanişi uçun uning oilasiga 10 ming yevro berdi. Sportçi bu işni anonim tarzda amalga oşirgan.
Gap şundaki, pul ötkazilgan kraudfanding servisida xayriya qilganlar nomi körsatilmaydi. Ammo birdaniga bunça pul ötkazilganligi bolaning onasi Grenni Makkalouni hayratlantirgan. U barça davolaniş xarajatlarini qoplagan bunça miqdordagi pulni ötkazgan saxovatli inson kimligini biliş uçun servisga murojaat qilgan. Ma'lum bölişiça, 10 ming yevro Konor Makgregor tomonidan ötkazilgan.
"Konor, biz sendan bir umr minnatdormiz. Öğlim uçun qilgan bu yaxşiligingni heç qaçon unutmayman. Sen haqiqiy afsonasan", deb yozdi Grenni Makkalou öz Twitter sahifasida.
Eslatib ötamiz, 6 oktabr kuni Las-Vegasda Makgregor va rossiyalik Habib Nurmagomedov örtasida jang bölib ötadi.












