Italiyaning sobiq boş vaziri va “Milan” futbol klubining sobiq egasi Silvio Berluskoni Italiyaning 3-divizioni – S seriyada iştirok etuvçi “Montsa” klubini sotib oldi. Bu haqda asosçisi Berluskoni hisoblanuvçi Fininvest SpA xoldingi bayonotiga iqtibos keltirgan holda Football Italia naşri ma'lum qildi. 

Xolding klubning 100 foiz aksiyasini sotib olgan. Klubning yangi direktorlar kengaşiga “Montsa”ning sobiq prezidenti Nikola Kolombo boşçilik qiladi, uning tarkibiga Berluskonining ukasi Paolo, “Milan”ning sobiq vitse-prezidenti Adriano Galliani kirgan. Galliani şuningdek klubning boş direktori lavozimini egallaydi.

1912 yilda taşkil etilgan “Montsa” klubi heç qaçon A seriyada iştirok etmagan. Klub eng yuqori natijaga 1955/1956 yillardagi mavsumda B seriyada 3-örinni egallagan holda erişgan. 

Berluskoni 1986 yildan 2017 yilgaça “Milan”ning egasi bölgan. Klub bu yillar davomida 8 marta Italiya çempionatida va 5 marta Çempionlar ligasida ğolib bölgan. Berluskoni klubni 2017 yilda xitoylik tadbirkor Li Yunxunga 860 mln dollarga sotib yuborgan.