
Yoşlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiluvçi Özbekiston yoşlar ittifoqining eng muhim yönalişlaridan biri bolalar va yoşlar örtasida sport turlarini keng ommalaştiriş hisoblanadi. Ayniqsa, imkoniyati çeklangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlar uçun taşkil etilayotgan sport musobaqalari bölajak jahon çempionlarining yetişib çiqişi uçun asos bölmoqda.


Joriy yilning 29 sentabr kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi hamda “Mö'jizalar davri” köngilli yoşlar jamoasi tomonidan bir qator taşkilotlar homiyligida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida joylaşgan maxsus maktab internatlari va mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari uçun “Aşxobod” sayilgohi sport maydonçasida xayriya sport tadbiri taşkil etildi. 7 ta maxsus maktab internati tarbiyalanuvçilaridan taşkil topgan jamoalar örtasida ötkazilgan futbol turnirida jami 450 nafar yoşlar iştirok etişdi.


Xayriya sport tadbiri davomida Özbekiston milliy terma jamoasi hamda “Lokomotiv” futbol jamoasi futbolçilari iştirokida bölajak çempionlar uçun mahorat darslari ham taşkil etildi.


Şuningdek, bolajonlar uçun fokusçi va animatorlar tomonidan tayyorlangan ajoyib çiqişlar va turli madaniy tadbirlar ham loyihaning yanada maroqli ötişiga xizmat qildi.














