2018 yilning iyul oyida OAVda Samarqanddagi 64-maxsus maktab-internati bilan boğliq materiallar e'lon qilingaç, qisqa vaqt içida prokuratura tomonidan maktab-internat direktori Şuhrat Sadinov, tarbiyaçilar Ş.Oçilov va Z.Salimovga nisbatan turli ayblovlar e'lon qilingan edi.
2018 yil dekabr oyida Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi hukmiga köra, Şuhrat Sadinov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-, 110-, 167- va 206-moddalarining tegişli bandlarida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Samarqandda maktab-internatdagi dahşatlar. Bolalar qamoqxonasi direktori qölga olindiŞundan söng, advokatlar birinçi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya şikoyati kiritişgan. Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida uzoq davom etgan apellyatsiya sud majlislarida iş yangidan örganib çiqildi, guvohlar, jabrlanuvçilar va sudlanuvçilar boşqatdan söroq qilindi, advokatlar tomonidan iş böyiça yangi dalillar taqdim etildi.
Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, sud majlislarida söralgan va körsatma bergan barça jabrlanuvçilar sudlanuvçilarga nisbatan heç qanday da'vosi yöqligini bildirgaç, bugun — 2019 yil 5 mart kuni JIB Samarqand viloyat sudi sudyasi O‘.Mamadaliyev tomonidan öqib eşittirilgan ajrimga köra, 64-ixtisoslaştirilgan maktab-internat sobiq direktori Şuhrat Sadinov sud zalidan ozodlikka çiqarildi.
Şuningdek, mazkur iş yuzasidan oldingi sud hukmiga köra ozodlikdan mahrum etilgan Ş.Oçilov va Z.Salimov ham yengilroq jazo tayinlanib, ozodlikka çiqarildi.

Köçada Şuhrat Sadinovni va işning boşqa iştirokçilarini uning yaqinlari hamda uning ozodlikka çiqarilişida faollik körsatgan jurnalistlar olqişlar bilan kutib olişgan.
Boş prokuratura matbuot xizmati aniqlik kiritişiça, sudlanuvçilar oqlanmagan, ularga Şuhrat Sadinovga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan, uning xodimlariga esa bu muddat 4,5 yil etib belgilangan.












