Yoqilği-energetika kompleksi Özbekiston iqtisodiyoti tarkibidagi yetakçi tarmoqlardan biri bölib qolmoqda. Eskirgan texnologiyalar va sohada energiya tejovçi amaliy mexanizmlarning yöqligi nafaqat sanoatning ösişini, balki respublikaga kiruvçi investitsiyalar oqimini ham töxtatib turibdi.

2017 yilning noyabrida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hukumat majlisida köplab jiddiy kamçiliklar töplanib qolgan, doimiy oşib borayotgan qarzdorlikka olib keluvçi, energetika resurslarini yetkazib berişda tizimli uzilişlar va soha korxonalaridagi oğir moliyaviy vaziyatni yuzaga keltirgan mamlakatni elektr va gaz bilan ta'minlovçi korxonalar faoliyatini nazorat qiluvçi hamda hisobga oluvçi samarali tizimning yöqligiga işora qilgan edi.

Özbekistonda aksariyat energetika resurslari bizga tabiat tomonidan in'om etilgan, deb hisoblaşga örganib qolgan - bu esa öz-özidan fuqarolarni elektr energiyasi va gaz uçun tölovdan ozod qiladi. Tölovga layoqatsizlikning boşqa bir tomoni - davlat energetika kompaniyalari foydasiga tariflarning töxtovsiz ösişiga doir tezis.

Sönggi bir neça yilda respublikadagi energiya taşuvçilarning içki narxi muntazam ravişda oşib borgan, biroq kiçik taqqoslov keltirişga jazm qildik. Xususan, bugunga kelib mamlakat aholisi uçun elektr energiya tariflari - örtaça 0,03 dollar 1/kVts atrofida. Taqqoslaş uçun – 2017 yilning birinçi yarim yilligida 1/kVts elektr energiya narxi Germaniyada - 0,3 dollar, Turkiyada - 0,13 dollar, Rossiyada - 0,05 dollar va Belarusda 0,06 dollarni taşkil qildi. Tabiiy gaz narxi böyiça ham xuddi şunday vaziyat. Şunday ekan, Özbekistondagi elektr energiya resurslari bahosi avvalgidek ança past.

Energetika narxining ayniqsa Yevropa mamlakatlarida balandligi bu mamlakat hukumat va iste'molçilarini energiya tejovçi mexanizmlarni faol tatbiq qilişga majbur qiladi. Masalan, 2009 yilda Buyuk Britaniyada çöğlanma lampalardan foydalanişga taqiqlov kuçga kirdi. Ta'kidlaş joizki, mazkur taşabbus aholi orasida norozilik kayfiyatini keltirib çiqarmadi, holbuki fluorossent lampa narxi oddiy lampadan deyarli 10 baravar yuqori. 2009-2017 yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida elektr energiya iste'mol darajasini oşiruvçi maişiy texnika sotuvlarini qisqartirişga oid dastur amalga oşirildi. 1992 yildan boşlab AQŞda elektr energiya kam iste'mol qiluvçi maişiy texnika sotuvlarini közda tutuvçi Energy Star dasturi amaldadir. Elektr energiya resurslari bahosi ança yuqori bölgan mamlakatlarda bunday taşabbuslar tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va ongli ravişda elektr energiya tejovçi texnologiyalarni tanlaşga asoslangan yangi iste'molçi madaniyatini şakllantirişga yönaltirilgan.

Bizning jamiyatimizda elektr energiya iste'moli madaniyati endigina şakllanmoqda, ba'zi holatlarda esa umuman yöq. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi qoşidagi Majburiy ijro byurosi ma'lumotlariga köra, 2017 yil yakunlariga köra, undirilgan qarz hajmi taxminan 5,4 trillion sömni taşkil qildi.