Apple ilk bor iPhone’ni taqdim etganida Safari brauzerida Google’dan qidiruv tizimi sifatida foydalanişi aniq edi. Çunki öşa davrda Google yetakçi qidiruv tizimi hisoblanar, Microsoft’ning Bing qidiruv tizimi 2009 yilgaça mavjud emasdi.
Ammo Google Safari brauzerida asosiy qidiruv tizimi böliş uçun Apple’ga yaxşigina pul tölaydi. Uning bu maqsad uçun qança pul tölaşi esa noma'lum. Faqat bir marta, 2014 yilgi sud hujjatida Google asosiy qidiruv tizimi böliş uçun Apple’ga yiliga 1 milliard dollar tölaşi körsatilgan.
Tahlilçilarning ta'kidlaşlariça, öşandan buyon bu tölov miqdori oşgan: OAV 2017 yilda 3 milliard dollardan ortiq pul tölanganini yozgan. Goldman Sachs tahlilçisi Rod Xollning aytişiça, Google 2018 yilda Apple’ga 9 milliard dollargaça tölaydi. Uning hisob-kitoblariga köra, bu raqam 2019 yilda 12 milliard dollarga yetişi mumkin.
Google Apple’ga yiliga 9 mlrd dollargaça pul tölaydi
04:59 / 30.09.20188 3532 min












