28 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahridagi töyxonalardan birida 23 kişi ovqatdan zaharlangan.

Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, 28 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyati Yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 16 kişi olib kelingan. 29 sentabr kuni yana 7 kişi keltirilgan.

Bu fuqarolarning barçasi şifoxonaga ovqatdan zaharlaniş «Ötkir gastroenterit» taşxisi bilan yotqizilgan.

Bemorlarning sözlariga köra, ular 27 sentabr kuni Qarşi şahridagi «Baxtli oila» töyxonasida töy marosimida turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralaş iste'mol qilişgani ortidan özlarini noxuş seza boşlaşgan.