«Mançester Yunayted» rahbariyati «Real»ning sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidan bilan muzokara boşladi. Bu haqda beIN Sports xabar bermoqda.
Jamoaning amaldagi boş murabbiyi Joze Mourino sönggi vaqtlarda yarim himoyaçi Pol Pogba bilan kelişa olmayapti. Avvalroq, Britaniya OAV rahbariyat portugaliyalik mutaxassisni qöllab-quvvatlayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq klubning sönggi natijalari rahbariyat qarorini özgartirgan bölişi mumkin.
Ayni damda «MYu» APL musobaqa jadvalida 10-örinda bormoqda.
The Sun ma'lumotiga köra, Zidan hozirda Londonda bölib turibdi va ingliz tili kurslariga qatnamoqda.












