Yaponiyaning Okinava prefekturasi gubernatori saylovlarida muxolifatçi va AQŞ harbiy bazalarining prefektura taşqarisiga olib çiqilişi tarafdori Denni Tamaki yetakçilik qilmoqda. Bundan “Kiodo” axborot agentligi va NHK telekanali ötkazgan ekzit-poll natijalari darak bermoqda. Ularga köra, Tamaki katta ehtimol bilan prefektura gubernatori bölişi mumkinligi kelib çiqmoqda.

Okinava gubernatori saylovlari 30 sentabrda bölib ötdi. Prefekturaning yangi gubernatorini saylaş zarurati sobiq gubernatorning avgust oyida vafot etgani bilan boğlangan. Tamaki avvalgi gubernatorning AQŞ bazalarining olib çiqilişi borasidagi siyosatini davom ettirişini aytgan, bu esa Yaponiya markaziy hukumati pozitsiyasiga zid keladi.

Okinava hududi Yaponiyaning bor-yöği 0,6 foizini taşkil qilsa-da, u yerda AQŞning Yaponiyadagi harbiy obektlarining 74 foizi va harbiylarining yarmidan köpi joylaşgan. Prefektura ma'muriyati ma'lumotlariga köra, Okinavada 22,5 ming amerikalik harbiy hamda ular oilalarining 19 ming a'zosi va boşqa amerikaliklar bor.