Eron taşqi işlar vaziri örinbosari Abbos Arakçi AQŞ tomonidan mamlakatga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni çetlab ötişga imkon beradigan mexanizm ustidagi iş haqida gapirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, hozirgi kunda Yevropada maxsus maqsadlar uçun mexanizm (Special purpose vehicle, SPV) işlab çiqilmoqda, u biznesni yuritiş va Eron tomoni bilan hisob-kitoblarni amalga oşiriş imkonini beradi. Şu bilan birga, undan nafaqat Yevropa davlatlari, balki Eronning boşqa hamkorlari ham foydalanişi mumkin.
«Biz AQŞ sanksiyalarining ikkinçi tölqini joriy qilinişidan oldin bu mexanizm işlab çiqilişi hamda işlay boşlaşiga umid qilmoqdamiz», - dedi Arakçi.
Uning qöşimça qilişiça, şuningdek, gap Amerika tomonining çeklovlarini çetlab ötgan holda neft savdosiga imkon beradigan ikki tomonlama mexanizmlarni yaratiş haqida ham ketmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya TIV: AQŞ Eron bilan bitimni «kömib taşlaşga» urinayotgani xabar berilgandi.












