Rossiyalik diplomatlar Janubiy Koreya hukumatidan Pusan şahrida qölga olingan «Sevastopol» kemasi bilan boğliq vaziyatga izoh berişni söradi. Bu haqda «RIA Novosti» kemaga egalik qiluvçi «Gudzon» kompaniyasining vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.

Şuningdek, bu ma'lumot Rossiya Taşqi işlar vazirligining Vladivostokdagi vakili tomonidan tasdiqlangan. Şu bilan birga, «Gudzon» vakilining fikriça, bu masala böyiça iş endi boşlangan.

Avvalroq Pusan şahridagi Rossiya boş konsulxonasi konsuli Roman Bikov Janubiy Koreya tomoni «Sevastopol» kemasini qölga oliş holati yuzasidan heç qanday izoh bermaganini ma'lum qilgandi.

Uning sözlariga köra, bortda 14 nafar dengizçi bor, ularga qirğoqqa çiqiş ruxsat berildi.