San-Paulu universiteti (Braziliya) olimlarining aniqlaşiça, jismoniy maşqlar muşak töqimalaridan zaharli oqsillarni çiqarib yuborişda yordam beradi. Bu haqda MedicalXpress’dagi matbuot uçun xabarnomada aytiladi.

Muşaklarning disfunksiyasi past harakatga ega bölgan keksalar va quymuç nervining zararlanişidan aziyat çekadigan kişilarga xos. Nevropatiyaga ega siçqonlar bilan ötkazilgan tajriba natijalari şuni körsatdiki, bunday holatda autofagiya ham buziladi - zararlangan hujayra tarkibiy qismlari va lizosomalar içidagi zaharli birikmalarning tanazzulga uçraşi jarayoni. Biroq quymuç nervi jarrohlik yöli bilan buzilişidan avval tört hafta davomida faol bölgan kemiruvçilarda autofagiya boşqa hayvonlardan köra yuqori darajada saqlanib turdi.

Boşqa bir tajribada tadqiqotçilar skelet muşak töqimasida autofagiya bilan boğliq ATG7 genini tösib qöyişdi. Bu gen autofagosoma deb ataluvçi vezikula (hujayra içi pufakçasi) hosil böladigan oqsillarni kodlaydi. U zararlangan organellalar oldida joylaşadi hamda ularning buzilişiga yordam beradi. Bosib qöyilgan ATG7’ga ega siçqonlarda ham muşaklarning rivojlanib boruvçi disfunksiyasi aniqlangan.