Fransiyalik maşhur xonanda Şarl Aznavur vafot etdi. Bu haqda «Frans Press» xabar bermoqda.

Şarl Aznavur 1924 yilning 22 may kuni Parijda tavallud topgan. U nafaqat xonanda, balki bastakor, şoir, yozuvçi va aktyor sifatida ham tanilgan. Haqiqiy ismi - Şoxnur Vaxinak Aznavuryan. 

Aznavur 1300ta qöşiqni yaratgan, 60ta filmda rol ijro etgan va 200 mln.dan ziyod disklarini sotgan. Time jurnali va CNN’ning birgalikda ötkazgan sörovnomasiga (1998) köra, Aznavur XX asrning eng yaxşi estrada xonandasi deb tan olingan.

2009 yilning 5 mayidan Armanistonning Şveytsariyadagi elçisi va mamlakatning BMT qarorgohidagi doimiy vakili bölgan. Şveytsariyada doimiy ravişda istiqomat qilgan.