Bugun, 5 avgust kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Suşmu Svarajnini qabul qildi.
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlab, Özbekiston va Hindiston örtasidagi döstona va strategik hamkorlik yuksak sur'atlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Joriy yil iyun oyida Tsindao şahridagi Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida bölib ötgan oliy darajadagi muzokaralar va uning yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar amaliy hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab oliş imkonini berdi.
Suhbatda ikki davlat örtasidagi keng kölamli, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş muhimligi alohida qayd etildi.
Farmatsevtika va tibbiyot, axborot texnologiyalari, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa tarmoqlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga bölajak davlat taşrifi mamlakatlarimiz örtasidagi köp asrlik döstlik riştalariga asoslangan munosabatlarda yangi davrni boşlaşga, ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqiçga olib çiqişga qaratilgani alohida ta'kidlandi.

Şuningdek, tomonlarni qiziqtiruvçi xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
Taşqi işlar vaziri Suşma Svaraj davlatimiz rahbariga samimiy qabul uçun çuqur minnatdorlik bildirib, Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovind va Boş vaziri Narendra Modining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Hindiston hukumati mamlakatimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi turmuş darajasi va sifatini yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohot va yangilanişlarni töliq qöllab-quvvatlaşi ta'kidlandi.
Hindiston Özbekistonning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlaş borasidagi taşabbuslarini yuqori baholaşi va qöllab-quvvatlaşi qayd etildi.
Suşma Svaraj Hindiston Respublikasining Özbekiston Respublikasi bilan köp qirrali hamkorlik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga intilişi qat'iy ekanini ta'kidladi.












