Brent markali neftning bir barreli narxi birjalarda 85 AQŞ dollaridan oşdi. Bu haqda ICE birjasidagi narxlarga asoslanib RBK xabar bermoqda.

Keça, 1 oktabr tungi soat 23:31 holatida Brent markali şimoliy dengiz neft aralaşmasiga dekabr fyuçerslari 2,8 foizga oşib, barreli 85,08 dollardan baholandi. Sönggi marta 2014 yilning 3 noyabrida Brent neftining narxi 85 dollardan baland bölgan. WTI markali neftning noyabr fyuçerslari uçun narxi ham 3 foizga ösib, barreli 75,42 dollardan imzolangan.

Neft narxi bir neça kundan buyon paydar-pay oşib kelmoqda. Tahlilçilarning fikriça, narxlarning oşişiga asosiy sabab AQŞ sanksiyalari fonida Eron tomonidan neft eksportining qisqartirilayotgani bölmoqda. Şuningdek, Kuvayt ham AQŞga neft xomaşyosini yetkazib berişni 1990 yildan buyon ilk marta töxtatdi. Bloomberğning vaziyatdan xabardor manbasining aytişiça, Kuvayt öz mahsulotini köproq foyda köriş mumkin bölgan Osiyo bozorlariga yönaltirgan. Agentlikning ma'lumotlariga köra, Kuvayt Osiyo davlatlariga özi qazib oladigan neftning 80 foizini yetkazib beradi.

Kotirovkalarning ösişiga OPeK+ monitoring qömitasining yaqinda Jazoirda bölib ötgan vazirlar uçraşuvida qabul qilingan qaror ham öz ta'sirini ötkazmoqda. Unda Saudiya Arabistoni va Rossiya qazib olişning zudlik bilan qöşimça tarzda oşirilişiga qarşi çiqqan edi. AQŞ prezidenti Donald Tramp ilgariroq jahon narxlarini tuşiriş uçun zudlik bilan çora körişga çaqirgan edi.