2018 yil avgustda FQB gumondorning smartfonini uning qiyofasidan foydalanib oçdi va bu huquqni muhofaza qiliş organlari öz maqsadlari yölida Face ID’dan ilk bor foydalangan holatdir, deb yozmoqda Forbes.
Avgust oyida FQB xodimlari bolalar pornografiyasini saqlaşda gumonlanayotgan Grant Miçalskining uyida tintuv ötkazişgan. Ular gumondordan smartfonini Face ID yordamida blokdan çiqarib berişini söraşgan.
Miçalski Face ID orqali smartfonni oçişga öz ixtiyori bilan rozi bölgan, aslida FQBning uni majburlaşga ham haqqi bölgan. 2017 yilda AQŞ sudlari qurilmani Face ID yoki Touch ID yordamida oçiş bilan parol yordamida oçiş örtasida farq borligini ma'lum qilgandi.
Qonunga köra, smartfonni kod orqali oçişga majbur qiliş Konstitutsiyadagi Beşinçi tuzatişning buzilişi hisoblanadi – unda gumondor öziga qarşi guvohlik bermaslikka haqqi borligi qayd etilgan. Ammo barmoq izi yoki qiyofa paroldan farqli ölaroq, Konstitutsiya bilan himoya qilinmagan.












