Xitoy Taşqi işlar vazirligi Janubi-Xitoy dengizida Luyang esminetsining AQŞ harbiy-havo kuçlariga qaraşli Decatur esminetsi bilan xavfli yaqinlaşuvi böyiça hodisaga izoh berdi. Tegişli xabar Xitoy Taşqi işlar vazirligi veb-saytida joylaştirilgan.

Vazirlikdan ta'kidlaşlariça, Amerika kemasi XXR hukumatining ruxsatisiz Janubi-Xitoy dengizidagi Nanşa orollari yaqinidagi suvlarga kirgan. Şu munosabat bilan u yerga Luyang esminetsi yuborildi.

«Xitoy Janubi-Xitoy dengizidagi orollar va unga yondoş suvlar ustidan şubha ostiga olinmaydigan suverenitetga ega», - deyiladi xabarda.

Şuningdek, Xitoy Taşqi işlar vazirligidan qöşimça qilişlariça, Xitoy hukumati va ASEAN davlatlarining sa'y-harakatlari tufayli dengizdagi vaziyat barqarorlaşişda davom etmoqda, biroq AQŞ Janubi-Xitoy dengizi suvlarida «bir neça marta provokatsion harakatlarga ötdi».

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ esminetsi va Xitoy kemasining töqnaşib ketişiga bir baxya qolgani ma'lum bölgandi.