Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov obunaçilari bilan özining yangi fotosuratini bölişdi.
Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) amaldagi çempioni instagramdagi öz sahifasiga jöja tasvirlangan futbolkani qölida uşlab turgani aks etgan fotosuratni joylaştirdi. Futbolkada şunday yozuv bor: «Menga işoninglar, men jöjalar tarbiyaçisiman».

«Şanba kuni keçqurun», - deya izoh qoldirgan u fotosuratga.
Şu tariqa rossiyalik 6 oktabr kuni Las-Vegasda bölib ötadigan irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangga işora qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Makgregorning murabbiyi Habib Nurmagomedovdagi muammolarni eslatgandi.











