Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindistonning BMT Xavfsizlik Kengaşi doimiy a'zosi bölişga intilişini qöllab-quvvatladi. 

"Hindiston bilan strategik hamkorlikni mustahkamlaş Özbekiston taşqi siyosatidagi eng ustuvor jihatlardan biridir. Dunyoning eng yirik davlatlaridan biri bölgan Hindiston global muammolarni hal qilişda faol iştirok etadi. Şuni hisobga olgan holda, Özbekiston Hindistonning BMT Xavfsizlik Kengaşiga doimiy a'zo sifatida kirişini qöllab-quvvatlaşini tasdiqlaydi", - dedi Mirziyoyev Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakuniga köra. 

Mirziyoyevning sözlariga köra, muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning turli jihatlari muhokama qilingan, şuningdek Afğoniston muammosiga alohida e'tibor qaratilgan, savdo va investitsion hamkorlik masalalarini tahlil qilingan.

"Sönggi yillarda Özbekiston va Hindiston örtasidagi tovar aylanmasi taxminan 300 million dollarni taşkil qilmoqda. Tan olib aytiş kerakkki, uning hozirgi darajasi mamlakatlarimiz salohiyatiga muvofiq emas. Şu munosabat bilan biz özaro tovar ayirboşlaşni kamida 2-3 baravarga oşiriş imkoniga ekanimizni qayd etdik. Bu juda yuqori maqsad va biz bunga albatta erişamiz", - deya ta'kidladi Mirziyoyev.

Ta'kidlaş joizki, sentabr oyi oxirida Braziliya, Germaniya, Hindiston va Yaponiya taşqi siyosiy idoralari rahbarlari BMT Xavfsizlik Kengaşini qayta isloh qiliş, şu jumladan uning doimiy va doimiy bölmagan a'zolari tarkibini kengaytiriş zaruratiga doir qöşma bayonot bilan iştirok etişgandi.