
Özbekistonning amaldagi Soliq kodeksida qator soliq tuşunçalari, jumladan soliq stavkasi, soliq imtiyozi kabi qator tuşunçalarga izoh berilmagan. Soliq sohasida xalqaro ekspert hisoblangan rossiyalik Sergey Şatalov Qonunçilik palatasida bölib ötgan davra suhbatida şunday fikrni bildirdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
U Özbekiston soliq imtiyozlari yalpi içki mahsulotning 4 foizdan ortiq ekanini bildirar ekan, bu tizimli muammolardan biri ekanini ta'kidladi. Rossiya Federatsiyasining Soliq kodeksini işlab çiqişda faol iştirok etgan mutaxassis “Özbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillaştiriş” mavzusida ma'ruza qildi. Şatalov soliq islohotlarini amalga oşirişda xorijiy mamlakatlar tajribasi va bu borada Özbekiston soliq sohasidagi tizimli muammolarni tahlil qilib berdi.
Ekspertning fikriça, Özbekistonda soliq imtiyozlari haddan ortiq bölib, bu tizimli muammolarning eng yiriklaridandir. Soliq imtiyozlari juda köp qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi va taqdim etiladi. Ya'ni,
- Soliq kodeksining 300dan ortiq moddasi;
- Prezident tomonidan imzolangan 650dan ortiq hujjat;
- Hukumatning 100dan ortiq qarori;
- 22ta ma'muriy hujjatlar.
Şatalovning aytişiça, Özbekiston yalpi içki mahsulotining 4 foizdan ortiğini taşkil etuvçi soliq imtiyozlari nima uçun berilganiga esa, jöyali javob yöq. U samaradorlik uçun taqdim etilgan deyilsa, öşa sohalarda ösiş közga taşlanmaydi, teng raqobat muhiti deyilsa, asosan xorijiy sarmoyadorlarga imtiyoz berilib, mahalliy işlab çiqaruvçilar unutilgan. Bu, öz navbatida, mahalliy tadbirkorning mablağini xorijga olib çiqib, xorijiy sarmoyador sifatida qayta investitsiya qilişiga zamin bölmoqda.
Bundan taşqari, milliy soliq qonunçiligida ham qator bir-biriga zid jihatlar bor. Qolaversa, turli xil soliq normativ hujjatlar haddan ortiq bölib, Soliq kodeksida soliqqa tortiluvçi baza va stavkalarni hisoblaş qoidalariga oydinlik kiritilmagan. Natijada oldindan taxmin qiliş yoki barqaror soliqqa tortiş imkonini bermaydi.













