Kanada parlamenti seşanba kuni Myanmadagi rohingya musulmonlariga qarşi sodir etilgan qirğinda iştirok etganligi sababli Aun San Su Çjini Kanada faxriy fuqarosi maqomidan mahrum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Mamlakat parlamenti Myanma rahbariga 2007 yilda berilgan ramziy maqomdan mahrum etiş haqidagi qarorni bir ovozdan ma'qulladi. Yuqori palataning qarori ötgan haftada umumiy palatada bir ovoz bilan qabul qilingan qarorni tasdiqladi.
Aun San Su Çji Kanada faxriy fuqaroligidan mahrum etilgan birinçi şaxsga aylandi.
Ötgan oy Birlaşgan Millatlar Taşkilotining dalillarni aniqlaş böyiça missiyasi Myanma harbiylari minglab rohingya musulmonlarini öldirgani, yuzlab qişloqlarni yoqib yuborgani va etnik tozalaş hamda ommaviy zörlaş bilan şuğullangani haqida xabar berdi. Missiya yuqori lavozimli harbiylarni jinoiy javobgarlikka tortiş va genotsidni tergov qiliş talabi bilan çiqdi.
Ma'lumot uçun: Aun San Su Çji - birmalik va myanmalik siyosiy arbob, harbiy xuntaga muxolif bölgan «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi yetakçisi. 2016 yildan beri - Myanma taşqi işlar vaziri va davlat maslahatçisi (bu lavozim boş vazirlikka tengdir). Aun San Su Çjiga 1991 yilda Nobel tinçlik mukofoti berilgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Reuters jurnalistlari Myanmadagi hodisalarni yoritganidan söng 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingandi.











