Jahon | 07:50 / 03.10.2018
7720
1 daqiqa o‘qiladi

Skripalning qarindoshi Boshirov va Petrov bilan shaxsan uchrashmoqchi

Foto: REUTERS

Solsberida «Novichok» asab-falajlovchi moddasi bilan zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qarindoshi Viktoriya Skripal Britaniya tomoni zaharlashga aloqadorlikda gumon qilayotgan rossiyalik Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov bilan uchrashish niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda «Izvestiya» xabar qilmoqda.

Skripalning fikriga ko‘ra, Petrov va Boshirov ro‘y bergan hodisaga aloqador emas, uning ular bilan shaxsiy uchrashuvi esa buni isbotlashda yordam berishi mumkin.

«Men ularning ko‘ziga qarab, bunga to‘liq ishonch hosil qilmoqchiman. Hozircha men faqat so‘zlarga ishonishim mumkin, uchrashuvdan keyin hammasi tushunarli bo‘ladi», - dedi Skripal.

Uning ta'kidlashicha, uchrashuvdan manfaatdor va unga tayyor turibdi.

 

Mavzuga oid