Poytaxtdagi eng gavjum çorrahalardan biri bölgan Maxtumquli, Temur Malik, Parkent köçalari va Ohangaron şossesi kesişgan nuqtada 3 poğonali köprik qurilişi işlari olib borilayotgani munosabati bilan 3 oktabr kunidan e'tiboran yölovçi transporti harakatiga vaqtinçalik özgartiriş kiritildi. 

Jumladan, 21, 23, 30, 44, 95, 110, 119, 129, 152-avtobus yönalişlari, 19m, 55m, 75m, 79m, 88m, 91m, 133m, 139m, 195m yönalişli taksi hamda 383, 366, 380-şahar atrofi yönalişida harakatlanuvçi jamoat transporti mazkur hududni aylanib ötadi.  

Mamlakat tarixida ilk marta qurilayotgan 3 qavatli yangi köprik yöldagi tirbandlikni kamaytirib, haydovçi va yölovçilar xavfsizligini ta'minlaydi. Köprikning Parkent köçasidan Ohangaron şossesiga ötuvçi qismida uzunligi 500 metrdan ziyod tunnel quriladi. Ikkinçi bosqiçda Qorasuv dahasidan Maxtumquli köçasiga çiquvçi yölning mazkur tunnel ustidan ötgan qismida aylanma köprik bunyod etiladi. Ikkala köprikning ustidan ötuvçi uçinçi qavat Maxtumquli va Temur Malik köçalarini tutaştiradi. 

Şuningdek, Toşkent mexanika zavodida işlab çiqarilgan samolyotlarni olib çiqişga möljallangan yöl ötkazgiç barpo etiş rejalaştirilgan.