Toşkent şahrining 12ta baland qavatli binolarida sodir bölgan yonğinlarni tezlikda va telefon qönğiroği bölişidan avval aniqlaş maqsadida 14ta yuqori sezgirlikdagi kameralar örnatildi.
«Toşkent şahridagi 12ta baland qavatli binolarga va teleminoraga yuqori sezgirlikdagi, 360 darajadagi köriş burçagiga hamda ularni dispetçer iş joyidan boşqariş imkoniyatiga ega 14ta IP kamera örnatildi. Uşbu kameralar real vaqtda sodir bölgan yonğinlarni aniqlaş va kuzatiş imkonini beradi. Qisqa vaqt içida ular olovning dastlabki bosqiçida 20dan ortiq yonğinni «101» raqamiga qönğiroqlardan oldin aniqlaşga yordam berganini ta'kidlaş joiz. Şuningdek, bunday kameralar Toşkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida pilot rejimda örnatildi», deyiladi Özbekiston IIV matbuot xizmati xabarida.
Özbekiston Respublikasi IIV YoXBB Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa markazi boşliği Uluğbek Qosimoviç Jöraboyevning ma'lum qilişiça, qayd etilgan viloyatlardagi yonğin öçiriş avtomobillari navigatorlar bilan jihozlangan bölib, ularning harakatini onlayn rejimida kuzatiş mumkin.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi «Içki işlar organlari yonğin xavfsizligi bölinmalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Davlat yonğin xavfsizligi xizmatida Yonğin öçiriş kuç va vositalarini boşqariş va muvofiqlaştiriş markazlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa markazlari taşkil etildi.
Bugungi kunda Toşkent şahar IIBB Yonğin xavfsizligi boşqarmasi Kuç va vositalarni boşqariş va muvofiqlaştiriş markazida yonğin öçiriş samaradorligini, tezkorligini oşirişga qaratilgan maxsus dastur işlab çiqildi. Uşbu tizim dasturiy-texnik komplekslarni, avtomatlaştirilgan vositalarning tezkor monitoringini, kuç va vositalarni boşqarişni hamda mavjud va istiqbolli avtomatlaştirilgan tizimlarni öz içiga oladi», deyilgan xabarda.















