Ukrainada Özbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan antisubsidiya tekşiruvi ötkaziladi. Bu haqda Ukraina Xalqaro savdo böyiça idoralararo komissiyasi ma'lum qilgan.

Suriştiruv «Ukravtoprom» Ukraina avtomobil işlab çiqaruvçilar uyuşmasining şikoyati asosida boşlandi.

Komissiyaning aniqlaşiça, şikoyatda Özbekiston yengil avtomobil işlab çiqaruvçilari Özbekiston hukumatidan subsidiyalar olgan bölişi va bunday subsidiyalardan alohida imtiyozlardan foydalangan bölişi mumkinligini körsatadigan yetarli ma'lumot keltirilgan.

Şuningdek, Özbekistondan Ukrainaga yengil avtomobillar importi Ukraina işlab çiqaruvçilariga sezilarli zarar yetkazişi mumkin bölgan hajmlar va şaroitlarda amalga oşirilayotgani haqidagi ma'lumotlar mavjudligi ham aytilgan.

Tadqiqot davri mobaynida (2015-2017 yillar) Özbekistondan yengil avtomobillar importi hajmining sezilarli darajada ösişi qayd etildi: mutlaq körsatkiçlarda - 760,7%, Ukrainada iste'mol va işlab çiqarişga nisbatan - mos ravişda 440,7% va 957,7%.

Şu bilan birga, yengil avtomobillar importi narxi Ukrainada işlab çiqarilgan yengil avtomobillar narxiga qaraganda past bölgan.

Körsatilgan holatlar va Qonunning 15-moddasi ön uçinçi qismiga binoan Komissiya qaror qabul qildi, unga köra Özbekistondan Ukrainaga yengil avtomobillar importiga nisbatan subsidiyalarga qarşi tekşiruv boşlandi.