Rossiya harbiy-koinot kuçlarining Suriyada 22 sentabrda ötkazgan reydi davomida IŞID yetakçisi Abu Bark al-Bağdodiyning 4 öğlidan kenjasi öldirilgan.
Bu ma'lumotni Iroq hukumatini qöllab-quvvatlovçi “Al-Haşd aş Şa'bi” guruhi qömondoni Jabbor al-Muamariy ma'lum qilgan.
“Al-Bağdodiyning kenja öğli Rossiya kuçlari aviazarbasi oqibatida halok böldi”, deb aytgan al-Muamariy.
Rossiya mudofaa vazirligi ham, Suriya hukumati ham hozirça uşbu ma'lumotni tasdiqlamagan.
Al-Bağdodiyning tönğiç öğli Xudayf al-Badri iyul boşida yöq qilingan. Al-Bağdodiyning özini topişning imkoni bölmayapti.












