Şinjon fizika-texnika Instituti taklifiga binoan Şomansur Sa'dullayev «Döstlik» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining Şinjon fizika-texnika Instituti taklifiga binoan Toşkent şahrida Xitoyning xalq tabobati markazini taşkil etişga yordam beriş, ikki mamlakat Fanlar akademiyalari örtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlaş, yangi dori-darmonlarni işlab çiqariş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişdagi hamkorlik, Xitoy Xalq Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga qöşgan hissasi uçun Şomansur Sa'dullayev «Döstlik» mukofoti bilan taqdirlandi», - deyiladi xabarda. 

Şomansur Sa'dullayev Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ösimlik moddalari kimyosi instituti direktori hisoblanadi.