Şvetsariya kompaniyasi hisoblangan “Myuller Martini” kompaniyasi Rossiya Federatsiyasi, şuningdek, Mustaqil davlatlar hamdöstligiga a'zo boşqa davlatlarda ham faoliyat olib bormoqda. Kompaniya kitob mahsulotlarini yiğiş, tikiş va muqovalaş işlarini bajaruvçi avtomatlaştirilgan texnik uskunalarni işlab çiqariş, örnatiş va işga tuşiriş bilan şuğullanadi.
Özbekiston Matbuot va axborot agentligi boş direktori L.Tangriyev 2018 yil 3 oktabr kuni “Myuller Martini” MÇJ menejyeri G.Samoylov bilan Özbekistonda kitob va kitob mahsulotlarini çop etişda zamonaviy texnik uskunalardan foydalaniş, ularni örnatiş hamda mutaxassislarni öqitiş masalalarida muzokara olib bordi.
- Özbekistonlik matbaaçilar “Myuller Martini”ni yaxşi biladi. Çunki aynan uşbu kompaniya tomonidan örnatilgan zamonaviy texnik uskunalardan yurtimizdagi bir neçta naşriyot-matbaa ijodiy uylarida foydalanilmoqda. Kelgusida naşr qiliş va matbaaçilikni rivojlantirişda hamkorlikni yanada mustahkamlaşdan manfaatdormiz, - deydi Özbekiston Matbuot va axborot agentligi boş direktori L.Tangriyev.
Dunyoning bir neçta davlatlarida özlarning xizmat körsatiş ofislariga ega “Myuller Martini” MÇJ menejyeri G.Samoylov kompaniya haqida yanada batafsil ma'lumotlarni taqdim etar ekan, ÖzMAA vakillarini Frankfurtda ötkaziladigan xalqaro kitob körgazma-yarmarkasi doirasida bevosita zavodning öziga borib, işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişişga taklif qildi.
- Biz zamonaviy texnik uskunalarni nafaqat örnatamiz, balki mahalliy mutaxassislarni qisqa kurslarda öqitiş bilan ham şuğullanamiz, - deydi G.Samoylov. – Şuningdek, naşriyot işida foydalaniladigan maşinalar uçun ehtiyot qismlarni yetkazib berişda ham hamkorlikka tayyormiz.












