Prezident “Noşirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining:
2020 yil 1 oktyabrdan boşlab respublika budjeti mablağlari va Respublika maqsadli kitob jamğarmasi mablağlari hisobidan ta'lim muassasalari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşr etişda (qayta naşr etişda) narxlarni davlat tomonidan tartibga solişni (rentabellikning çeklangan darajasini belgilaş) bekor qiliş;
2020 yil 1 iyuldan boşlab noşirlik faoliyatini litsenziyalaş hamda matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş tartiblarini bekor qilib, noşirlik va matbaa faoliyatini boşlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş tizimini joriy qiliş;
2021 yil 1 yanvardan boşlab noşirlik va matbaa korxonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilişdan, şuningdek, bosma mahsulotlarni işlab çiqariş va realizatsiya qiliş bilan boğliq tahrir, matbaa va noşirlik xizmatlari körsatişdan tuşgan tuşumdan Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni bekor qiliş haqidagi takliflari ma'qullandi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
noşirlik va matbaa korxonalari, şu jumladan davlat buyurtmasini bajaruvçi korxonalar narxni şakllantiriş siyosatini bozor mexanizmlari asosida erkin şakllantiriş;
2020 yil 1 sentyabrdan boşlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, şu jumladan, darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşrga tayyorlaş va çop etiş, Özbekiston norezidentlari ham qatnaşişi mumkin bölgan, davlat xaridlari töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi. Bunda mazkur tartib korporativ buyurtmaçilar uçun ham majburiy hisoblanadi;
tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan noşirlik va matbaa faoliyatini yuritişni boşlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etiş avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat aktivlarini boşqariş agentligining:
“Özbekiston naşriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi” va “Öqituvçi matbaa uyi” davlat korxonalarini örnatilgan tartibda xususiylaştiriş uçun Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkaziş;












