«Real» himoyaçisi Dani Karvaxal TsSKAga qarşi bahsda jarohat olib, 42-daqiqada Alvaro Odriosolaga almaştirilgan edi.

Klub matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, ötkazilgan tibbiy tekşiruvlar uning çap oyoğining tizzadan pastki orqa qismi muşaklari lat yeganini körsatgan. Xabarda uning qaçon safga qaytişi mumkinligiga aniqlik kiritilmagan.

Bu 26 yoşli futbolçining mavsumdagi ilk jarohati emas. U ötgan oyda şu sabab bilan «Espanol»ga qarşi öyinni ötkazib yuborgan edi.

Şu tariqa, «Qirollik klubi»da yöqotişlar davom etdi. Bungaça himoya çiziğining boşqa bir vakili – Marselo noyabrga qadar safdan çiqqandi, jamoa yarimhimoyaçi Isko esa köriçakka yöliqqani ortidan taxminan şunça muddat jamoaga yordam bera olmaydi.

Avvalroq «Atletiko»ga qarşi bahsda maydonni erta tark etgan vinger Garet Beylning holati borasida xavotirga örin yöqligi xabar qilingan edi. Lekin u YeÇL doirasida TsSKAga qarşi keçgan uçraşuvda maydonga tuşmadi.

Ma'lumot örnida, «qaymoqranglilar»ni oktabr oyida La Liganing «Alaves», «Levante» va «Barselona»ga qarşi («El-Klasiko» 28 oktabrda) öyinlar kutib turibdi. Bu oy, jamoa, şuningdek, YeÇLning 3-turida Çexiyaning «Viktoriya Plzen» klubini qabul qiladi.