Saudiyalik taniqli muxolifatçi jurnalist, Washington Post naşri kolumnisti Jamol Qoşiqçi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligi binosiga kirgaç yöqolib qoldi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari turk-arab uyuşmasi bayonotida aytilgan.
“Saudiya Arabistoni konsulligiga kirgan arab jurnalisti Jamol Qoşiqçi haqida heç qanday ma'lumot yöq. Biz vaziyat ortidan xavotir bilan kuzatmoqdamiz”, deb aytilgan bayonotda.
Ta'kidlanişiça, jurnalist bir sutkadan beri aloqaga çiqmayapti. Habertürk telekanalining ma'lum qilişiça, u Saudiya Arabistoni boş konsulligiga 2 oktabr soat 13 atrofida hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun kelgan. Uning şaxsan kelişini konsullik xodimlari söraşgan. U konsullikka qalliği bilan birga kelgan, biroq ayol içkariga kiritilmagan. 5 soatdan keyin esa konsullik xodimlaridan biri çiqib, jurnalist ketganini va uni boşqa kutmaslikni aytgan. Jurnalist konsullikka kelişi oldidan agar uşlanadigan bölsa, bu haqda Turkiya hukumati va ommaviy axborot vositalari turk-arab uyuşmasini xabardor qilişni aytgan.
Jurnalist Ar-Riyodning hozirgi siyosati böyiça tanqidiy qaraşlari bilan tanilgan.
U 2017 yilda Saudiya Arabistonini tark etib, AQŞda qönim topgan. Qoşiqçi AQŞ naşri uçun doimiy ravişda maqolalar yozib, unda Saudiya Arabistonidagi vaziyat va taşqi siyosatni tahlil qiladi hamda qirollik hukumati faoliyatining muammoli jihatlarini oçiqça bayon qiladi. U bir munça vaqt Saudiya Arabistonida çop etiluvçi Al-Watan naşri boş muharriri bölgan.













