Foto: Anti-Acne-Active

Husnbuzarlar har qanday insonni tushkunlikka tushirishi aniq. Biroq bu vaqtinchalik muammo va ko‘p hollarda undan mustaqil davolanish orqali xalos bo‘lish mumkin. Ammo husnbuzarlardan xalos bo‘lgandan keyin qoladigan dog‘ yoki yara izlari kabi asoratlar doimiy bo‘lib qolishi mumkin.

Chandiq va yara izlarining o‘lchami to‘g‘ridan-to‘g‘ri husnbuzarlarning o‘lchami va ulardan qanday xalos bo‘lganingizga bog‘liq. Agar yallig‘lanishga qarshi muolaja mustaqil ravishda, teriga zarar yetkazilmagan holda bajarilgan bo‘lsa, unda yallig‘lanish joylarida bir necha kun mobaynida yo‘qolib ketadigan kichik dog‘lar paydo bo‘ladi.

Vaholanki, yiringli yarani siqib chiqarish natijasida husnbuzar o‘rnida yaralar paydo bo‘ladi. Chunki, jarohat paydo bo‘lganda, bakteriyalar ta'sirida yallig‘lanish boshlanadi. Bunga javoban yaraga qon quyilishi boshlanadi va leykotsitlar ta'siri ostida infeksiyaga qarshi kurashish uchun kimyoviy reaksiya yuzaga keladi. Ushbu jarayonning maqsadi ochilgan joyni iloji boricha tezroq yopish va yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan bakteriyalarga qarshi himoya qilishdir. Ammo agar immunitet zaif bo‘lsa va tana muammoni o‘zi hal qila olmasa, kuchli va uzoq davom etadigan yallig‘lanish jarayoni boshlanadi. Bu holatda davolanmaslik mumkin emas.  

Foto: Anti-Acne-Active

Hirudo Derm Anti-Acne Active - husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi. Hirudo Derm kremi yuz terisidagi mikroblarga qarshi kurashishda, yallig‘lanishning oldini olish va yuzni namlantirishda eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu sifatli krem yuzdagi yog‘ bezlarining ishini susaytiradi. Ushbu krem o‘z natijasini juda tez ko‘rsatadi, teringiz qaytadan nafas olishni boshlaydi.

Ushbu vosita nafaqat husnbuzarlardan qutulishda, balki yara va husnbuzarlardan qolgan izlarni hamda dog‘larni ketkazishda ham foydali. Foydalanish muddati 3 haftadan 8 haftagacha bo‘lishi lozim.