Habib Nurmagomedov jangdan so‘ng Konor Makgregorning qo‘lini siqmaydi
Habib Nurmagomedovning ma'lum qilishicha, hech qanday sharoitda Konor Makgregorning qo‘lini jangdan keyin siqmaydi. Bu haqda u matbuot anjumanidan so‘ng aytib o‘tdi.
«Konorning qo‘lini jangdan keyin siqamanmi? Yo‘q. Hech qachon. Yo‘q! U mening xalqim haqida, Rossiya haqida ko‘p gapirishi, mening oilamni haqorat qilishi, unga obro‘ bag‘ishlamaydi. Alkogolik va piyanista nima haqida gapirayotganining o‘zi ahamiyatsiz. Bular e'tiborga olinmasligi kerak bo‘lgan nosog‘lom narsalardir», - deya ma'lum qildi Nurmagomedov.
Ta'kidlanishicha, irlandiyalik qo‘shma matbuot anjumaniga kechikkan va Nurmagomedov u kelishidan oldin anjumanni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregorning yuragi va ongini yo‘q qilib tashlamoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024
Habib Nurmagomedovning bank hisobraqamlari muzlatib qo‘yildi
21:45 / 08.04.2023