Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklar ularga xos bo‘lmagan va bir-birini takrorlovchi funksiyalardan xalos etiladi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida tegishli mazmundagi qonun loyihasi joylashtirilgan, deb yozadi Norma.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 17.08.2018 yildagi «Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida»gi PF–5515-son farmoni bilan hokimliklarga xos bo‘lmagan va bir-birini takrorlovchi funksiyalarni aniqlash nuqtai nazaridan qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish, natijasi bo‘yicha ularni optimallashtirish vazifasi topshirilgan.
Adliya vazirligi yuzdan ortiq qonunni tahlil qilib (aynan shuncha hujjatda hokimliklarning vakolatlari, funksiyalari va vazifalari qayd etilgan), ularning qariyb chorak qismida mahalliy hokimiyatning asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan yoxud boshqa davlat organlarining funksiyalarini takrorlovchi talablar borligini aniqladi. Hokimliklar resurslar ozligi va malakali xodimlar yetishmasligi bois ularning aksariyatini bajarmaydilar.
Shu munosabat bilan ishlab chiquvchi muammoni hal qilish yo‘lida ikkita qadam qo‘yishni taklif etadi.
Birinchidan, NHHdan hokimliklar zimmasiga yuklatilgan, ularga xos bo‘lmagan funksiyalar va vakolatlarni chiqarib tashlash.
Masalan, ushbu ro‘yxatda:
• kooperativlar va qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) ustavlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
• tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatini to‘xtatib turish haqida qarorlar qabul qilish;
• sovxozlar va boshqa davlat qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat turar joy fondini xususiylashtirish tartibini belgilash (ularning mulkdorlari bilan birgalikda);
• kommunal xizmatlar haqini va XUMShga majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da'vo arizalari bilan sudlarga murojaat qilish;
• deputatlar bilan uchrashish va ularning hisobotlarini tinglash uchun saylovchilarni chaqirish;
• iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlari;
• davlat yer kadastri yuritilishini monitoring qilish, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tashkil etish;
• xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning schyotlaridagi pul mablag‘laridan foydalanishni cheklash yoxud majburan yechib olish;
• ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini belgilash.
Ikkinchidan, bir qator qonun hujjatlarida hokimliklarning jismoniy tarbiya va sport, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, suvga oid munosabatlar, mehnatni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, ta'lim va boshqa sohalardagi vakolatlari ular tomonidan soha vazirliklari va idoralarining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshirilishini qayd etish.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Orzu ortidagi dard: Koreyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizlari qismati
Ayollar dunyosi | 14:47 / 17.08.2025
Zangezur: O‘zbekiston uchun yangi strategik imkoniyatmi?
Jahon | 21:43 / 14.08.2025
“Asr savdosi”. Rossiya Alyaskani nega sotib yuborgandi?
Jahon | 19:31 / 13.08.2025
“3 kiloga yetgan”: Samarqandda 80 yoshli bemordagi yirik buqoq olib tashlandi
Jamiyat | 11:07 / 13.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS isroillik asirlarning yarmini ozod qilishga rozi bo‘ldi
Jahon | 01:42
-
O‘zbekistonlik yosh muhandislar Ginnes rekordini yangilashdi – vazirlik
O‘zbekiston | 01:24
-
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 00:53
-
Ukrainaning xavfsizlik kafolati uchun Yevropa to‘lashi kerak – AQShning NATOdagi vakili
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

11:27 / 07.06.2023
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga beriladi

10:36 / 30.05.2023
Raqamli texnologiyalar vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi

10:25 / 31.12.2022
O‘zbekistonda davlat funksiyalari avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi joriy etiladi

07:21 / 26.10.2021