Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbari Imomali Rahmonga mamlakat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan tabrik yölladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti rasmiy sayti xabar berdi.
Özbekiston Prezidentining tabrik maktubida şunday deyiladi:
«Hurmatli Imomali Şaripoviç!
Özbekiston xalqi va özimning nomimdan Sizni va qardoş mamlakat Tojikiston xalqini milliy bayram - Mustaqillik kuni bilan çin qalbdan tabriklayman.
Tarixiy qisqa vaqt içida Tojikiston sizning oqilona rahbarligingiz ostida hayotning barça sohalarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erişdi. Tuzilmaviy özgarişlar va iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oşirilib, davlatning xalqaro maydondagi obrösi izçil mustahkamlanib borilmoqda.
Mamlakatlarimiz örtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanib borayotganini va turli darajadagi aloqalar jadallaşganini alohida ta'kidlamoqçiman.
Özbekistonda biz özaro hamkorlikning butun kun tartibida işonçli va konstruktiv muloqotni kengaytiriş va çuqurlaştirişga, mavjud salohiyatdan hamda köp qirrali hamkorlik uçun barça imkoniyatlardan birgalikda foydalanişga tayyor ekanligimizni ta'kidlayman.
Özbekiston va Tojikiston örtasidagi an'anaviy yaxşi qöşniçilik, özaro hurmat va umumiy manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslangan munosabatlar ikki mamlakat xalqlari manfaati uçun izçil mustahkamlanib boraverişiga işonçim komil.
Sizga, hurmatli Imomali Şaripoviç, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va mas'uliyatli davlat işingizda muvaffaqiyatlar, birodar Tojikiston xalqiga tinçlik, osoyiştalik hamda farovonlik tilayman».












