AQŞ prezidenti Donald Trampning savdo böyiça maslahatçisi Piter Navarro sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Xitoyni iqtisodiy sohadagi şerik sifatida emas, balki strategik raqib sifatida körişga moyildir. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar va Xitoy Xalq Respublikasi örtasidagi «munosabatlarda qayta yuklaş» yuz berdi.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Yevropa ittifoqi va Yaponiya Xitoy bilan savdo bahslarida AQŞni qöllab-quvvatlaşga tayyor turibdi.
Navarroning ta'kidlaşiça, XXRga AQŞ ittifoqçilarining «muvofiqlaştirilgan jabhasi» qarşi turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy AQŞ vitse-prezidentini tuhmat qilişda ayblagandi.












