Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Xua Çuninning ma'lum qilişiça, AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens mamlakatga tuhmat qildi va unga «asossiz ayblovlar» qöydi. Vakilning sözlari Xitoy Taşqi işlar vazirligi veb-saytida e'lon qilingan.
Uning ta'kidlaşiça, Xitoy hukumati har doim boşqa mamlakatlar, jumladan, AQŞ içki işlariga aralaşmaslik tamoyiliga amal qilgan. Uning sözlariga köra, Pekin uşbu vaziyat kelajakda ham davom etişidan manfaatdordir.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi Vaşingtondan AQŞ va XXR munosabatlariga zarar yetkazişni töxtatişni talab qildi, şuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Qöşma Ştatlarga nisbatan «izçil va aniq» siyosatga amal qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp ma'muriyati Xitoy bilan ziddiyatni davom ettirmoqçi emasligi xabar berilgandi.












