Vazirlar Mahkamasining “Farğona viloyatida anor yetiştirişni köpaytiriş va sohani rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, “Özbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Davergeodezkadastr” qömitasi, Farğona viloyati hokimligi hamda anor yetiştiruvçi taşkilotlarning Farğona viloyatida anor köçatlarini yetiştirişni yanada rivojlantiriş, qayta işlaş va eksport hajmini oşiriş maqsadida “Anor yetiştiruvçilar” uyuşmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar Uyuşmaning asosiy vazifalari etib belgilangan:
anorçilik sohasini rivojlantiriş, respublikaning barça hududlarida uyuşmaning filiallarini oçiş, ixtisoslaşgan xöjaliklar taşkil etiş va uşbu faoliyat bilan şuğullanuvçi xususiy sektor vakillariga kömaklaşiş;
sohani kompleks rivojlantirişda iştirok etiş, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsion loyihalarni amalga oşiriş va ilğor innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş;
yer maydonlaridan samarali foydalaniş, resurs tejaydigan intensiv texnologiyalarni qöllagan holda anorzorlar barpo etiş, mahsulot yetiştirişni köpaytiriş, uni qayta işlaş va eksport qiliş işlarini bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş;
anor yetiştiriş jarayonlariga xorijiy investitsiyalarni, çet ellik mutaxassislar hamda maslahatçilarni faol jalb qiliş, ularning tajribalarini örganiş va sohaga ilğor texnologiyalarni keng joriy qiliş;
sifatli eksportbop anor köçatlarini köpaytiriş, fermer va dehqon xöjaliklariga köçatlarni tizimli yetkazib beriş, kasallik va zararkunandalarga qarşi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kuraşiş işlarini taşkil etiş;
anor yetiştiriş, uni qayta işlaş va eksportga yetkazib beriş jarayonlarini rivojlantirişga yönaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişda iştirok etiş;
anorzorlarda mavsum davomida agrotexnika tadbirlarini sifatli ötkaziş böyiça fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlarini öqitiş uçun anorçilik maktabini taşkil etgan holda maxsus öquv-tayyorlov kurslarini taşkil etiş;
yangi anorzorlar taşkil etiş va agrotexnika tadbirlarini ötkaziş uçun talab etiladigan mineral öğitlar va yoqilği-moylaş materiallari hisob- kitobini yuritiş.












