Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1977 yilda koinotga uchirilgan qurilma Quyosh tizimi chekkasiga yaqinlashib qoldi
Foto: NASA / JPL-Caltech
1977 yil 20 avgustda NASA tomonidan koinotga uchirilgan “Voyajyer-2” koinot qurilmasi Quyosh tizimi chekkasiga yaqinlashib qoldi va bir necha oydan keyin yulduzlararo bo‘shliqqa kirishi mumkin. Bu haqda Naked Science nashri ma'lum qildi.
Olimlar avgust oxiridan qurilma bortidagi detektorlar koinot nurlari energiyasi oshganini qayd qila boshlagandan keyin u geliosfera chekkasiga yaqin qolgani haqidagi xulosaga kelishgan.
Ta'kidlanishicha, bu “Voyajyer-1” zondi 2012 yilda yulduzlararo bo‘shliqqa chiqib ketishiga 3 oy qolgandagi holatga o‘xshashdir.
Ayni vaqtda qurilma Yerdan 17,7 mlrd km uzoqlikda joylashgan. Qurilma Quyosh tizimidan soniyasiga 15 km tezlik bilan uzoqlashmoqda.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qurilma Quyosh tizimidan chiqib ketgandan 10-20 yil keyin sayyoramiz bilan batamom aloqani yo‘qotadi. Uning uzatgichi quvvati signalni qabul qilishga yetmaydi.
Mavzuga oid
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:47 / 01.10.2025
Infografika: Quyosh tizimi cho‘qqilari oldidagi mitti Everest
22:22 / 29.02.2024
Astronomlar Quyosh tizimidagi to‘qqizinchi sayyorani kashf etishga yaqin
21:05 / 05.11.2019