Angliya Premer-Ligasi 8-turidan örin olgan bir öyin yakunlandi. 

«Mançester Yunayted» öz maydonida autsayderlardan biri «Nyukasl»ni qabul qildi va 3:2 hisobidagi qiyin ğalabani qölga kiritdi. Jamoa 1-bölimdan söng, 0:2 hisobida orqada borayotgandi. Biroq, 2-bölimda vaziyatni öz tomoniga oğdirişga muvaffaq böldi.

Bu natijadan söng, «MYu» 13 oçko bilan 8-örinda, «Nyukasl» esa 2 oçko bilan 19-örinda bormoqda.  

APL, 8-tur
Mançester Yunayted – Nyukasl 3:2 
6 oktabr, «Old Trafford» stadioni
Gollar: 0:1 – 7 Kenedi, 0:2 – 10 Muto, 1:2 – 70 Mata, 2:2 – 76 Marsial, 3:2 – 90 Sançes. 
Mançester Yunayted – De Xea, Bayi (Mata, 19), Şou, Yang, Smolling, Maktomini (Fellayni, 46), Matiç, Pogba, Marsial, Reşford (Sançes, 67), Lukaku.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Mankilo, Yyedlin, Fernandes, Ritçi, Diame, Şelvi, Kenedi (Merfi, 68), Peres (Xoselu, 88), Muto (Atsu, 78).
Ogohlantirişlar: Şou (45), Ritçi (58), Pogba (63), Diame (69).