Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari «Nukus» temir yöl vokzali atrofida ötkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzarlarning qilmişini foş etişdi.

Bojxona matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar berişiça, A.N va O.S 5ta «Mif 3v1» yozuvli karton qutiga joylangan 2,5 kilogrammga teng bölgan porox va 3072 dona «TsBO-N» nomli kapsyulni qöşni davlatdan sotib olib, respublika hududiga yaşirinça olib ötgan va ularni 1,5 mln söm miqdoridagi mablağ evaziga şartli xaridorga sotayotgan paytda töxtatib qolingan.

Uşbu qonunbuzarlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 248-moddasining 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va sud hukmi bilan fuqaro O.Sga 6 yil, A.Nga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.