Germaniyaning Osterxolts tumanidagi (Quyi Saksoniya federal yeri) Titenze köli 25 yil avval bir ayolning yöqolişi işining tergov qilinişi doirasida quritiladi. Bu haqda NDR telekanali xabar qildi.

Politsiya köl tubida 1993 yilda yöqolgan ayol va jinoyatni sodir etişda qöllangan qurolni aniqlaşga umid qilmoqda. Bu qurol ayolni öldirişda gumon qilinayotgan şaxs qotillikni sodir etişdan 2 yil avval otasidan olgan töpponça bölişi mumkin.

Tergovçilar ayolni öşa vaqtda u bilan birga yaşagan 58 yoşli erkak öldirgan bölişi mumkin, deb hisoblaşmoqda. Ta'kidlanişiça, ayol yöqolib qolişidan avval erkak bilan aloqani uzmoqçi bölgan va aynan şu holat jinoyatga sabab bölgani taxmin qilinmoqda.
Mahalliy politsiyaning taxminiça, kölni quritişga 3-5 kun vaqt ketadi. Bu işlar doirasida qöşni kölga 35 mln litr suv tortiladi. Kölni quritiş mahalliy tabiatni asraş idoralari bilan kelişilgan. Politsiya tegişli işlarni bajargaç, suv yana kölga qaytariladi.
Ma'lumotlarga köra, ayol yöqolib qolgandan bir yil ötgaç, ya'ni 1994 yilda baliqçilar kölda kosmetika, tiş pastasi va ayolning nikoh uzugi solingan paketni topib olişgan.













