Interpol sentabr oyi oxirida Xitoyga ta'tilga ketganiça aloqaga çiqmagan uşbu taşkilot rahbari Men Xunvey haqida ma'lumot berişini talab qilib XXR hukumatiga rasmiy sörov yubordi, deb xabar berdi Associated Press.

"Lionda joylaşgan taşkilot bayonotida XXR hukumatidan Interpol prezidenti holati haqida rasmiy javob kutilayotgani aytilgan", - deb yozadi agentlik. 

Avvalroq South China Morning Post naşri Interpol prezidenti Men Xunvey Pekinda hibsga olingani va tergov qilinayotganligi haqida xabar bergandi.

Ta'kidlanişiça, Xunvey ötgan hafta Xitoyda qönişi bilan intizom idoralari tomonidan söroq qilingani olib ketilgan.